Urganch davlat pedagogika institutida Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan “Institut malikasi” ko‘rik-tanlovi yuqori saviyada tashkil etilib, ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi
Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, tanlov yakunlari quyidagicha belgilandi:
🥇 1-darajali diplom hamda 2 million so‘mlik vaucher — Filologiya fakulteti talabasi Allanazarova Zarnigor;
🥈 2-darajali diplom hamda 1,5 million so‘mlik vaucher — Ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti talabasi Bozorboyeva Shaxnoza;
🥉 3-darajali diplom hamda 1 million so‘mlik vaucher — Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabasi Ataxanova Fotima.
Shuningdek, tanlov doirasida alohida nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi:
“Eng zukko bilimdon qiz” — Boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabasi Botirova Gulruxsora;
“Eng maftunkor ishtirokchi” — Pedagogika fakulteti talabasi Ruzmetova Zuhra.
Mazkur ko‘rik-tanlovning maqsadi talaba-qizlarning bilim va iste’dodini namoyon etish, ularning ijodiy salohiyati hamda sahna madaniyatini rivojlantirishdan iborat.



©️ UrDPI matbuot xizmati