UrDPIda navbatdagi “Kelajak soati” rukni ostida navbatdagi ma’rifat darslari o‘tkazildi
Urganch davlat pedagogika institutida “Kelajak soati” rukni ostida navbatdagi ma’rifat darslari o‘tkazildi. Mazkur mashg‘ulotlar Pedagogika fakulteti dekani D.Xadjiyeva, Filologiya fakulteti dekani F.Radjapova, Ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti dekani Z.Karimov hamda Aniq va tabiiy fanlar fakulteti v.v.b. dekani H.Karimov tomonidan olib borildi.
Darslar “Kitobxonlik” mavzusiga bag‘ishlanib, talabalarga kitob mutolaasining ahamiyati, uning ma’naviy va intellektual rivojlanishdagi o‘rni haqida batafsil tushunchalar berildi.
Albatta, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish bugungi kunning muhim va ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.




©️ UrDPI matbuot xizmati