Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI KENGASHINING 8-MAJLISI  BO‘LIB O‘TDI


Kengash institut rektori v.v.b. Jumanazar Yarmetov raisligida o‘tkazildi hamda  ta'limda metodning o‘ziga xos ahamiyati, rahbar va xodim, pedagog va talaba munosabatlari, mustaqil ta'limga alohida e'tbor qaratish kabi ko‘plab masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bayon qilindi.

Kengash yig‘ilishida kun tartibidan o‘rin olgan quyidagi masalalar bo‘yicha hisobot va axborotlar tinglandi:

 Siyosiy axborot tinglandi. 
(U.Xo‘jamurodov  axboroti)
 2022-2023-o‘quv yilining 1-yarmi yakunlari to‘g‘risida.     
(X.Siddiqov hisoboti)
  Institutda 2022-yilda bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlarining monitoringi va ilmiy kadrlar tayyorlash masalalari to‘g‘risida. 
(E.Xudaynazarov axboroti)
  Institutda talabalar amaliyoning tashkil etilishi to‘g‘risida. 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab “4+2” o‘quv rejasini ijrosiga tayyorgarlik to‘g‘risida. 
(K.Siddiqov axboroti)  

    Kengashda  O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Zoologiya instituti ilmiy kengashining qaroriga asosan Bekchanov Xudoybergan O‘rinovichga BIOLOGIYA FANLARI DOKTORI ilmiy darajasining berilishi munosabati bilan diplom topshirildi. Jonkuyar olimimizning keyingi faoliyatida ham zafarlar tilab qolamiz!

   Filologiya va san'at fakulteti dekani Zafar Adilov hamda Pedagogika fakulteti o‘qituvchisi Otabek Xudayberganovlar Oliy attestatsiya komissiyasining dotsenti unvonini olishga saylandilar.

    Shuningdek, turli xil masalalar muhokama qilinib, mavjud masala va muammolar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi. 

    Ma’lumot o‘rnida: Hisobot uchun – 15 daqiqa, axborot uchun – 5 daqiqa hamda taklif, mulohaza va ma’lumotlar uchun 3 daqiqagacha vaqt ajratildi.URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI KENGASHINING 8-MAJLISI  BO‘LIB O‘TDI

URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI KENGASHINING 8-MAJLISI  BO‘LIB O‘TDI

urspi.uz;URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI KENGASHINING 8-MAJLISI  BO‘LIB O‘TDI

UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: