Close
Skip to main content


REKTOR V.B. TOMONIDAN “MILLIY O‘ZLIK” MAVZUSIDA MA’RIFAT DARSI O‘TKAZILDI


Rektor v.b. tomonidan “Milliy o‘zlik” mavzusida ma’rifat darsi o‘tkazildi

Bugun, 20-aprel kuni Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.b., professor Diyorjon Abdullayev tomonidan “Milliy o‘zlik” mavzusida Pedagogika fakulteti talabalari ishtirokida ma’rifat darsi tashkil etildi.

Mazkur darsda milliy o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda yoshlar ongida vatanparvarlik ruhini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, talabalarga milliy merosga hurmat bilan yondashish, uni chuqur o‘rganish va kelajak avlodlarga yetkazish zarurligi yuzasidan tavsiyalar berildi.

“Milliy o‘zlikni anglash — bu o‘z tariximiz, qadriyatlarimiz va madaniyatimizni chuqur bilishdan boshlanadi. Shu asosda biz kelajakni barpo etamiz”, — deya ta'kidlab o‘tdi o‘z nutqida Diyorjon Abdullayev.

Dars jarayoni savol-javoblar va ochiq muloqot ruhida o‘tib, talabalarning mavzu doirasidagi fikr va mulohazalari tinglandi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: