Close
Skip to main content


UrDPIDA TASHKIL ETILGAN “CHIM USTIDA XOKKEY” TO‘GARAGINING FAOL ISHTIROKCHISIGA AYLANING


UrDPIda tashkil etilgan “Chim ustida xokkey” to‘garagining faol ishtirokchisiga aylaning  

Institutimizda talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb qilish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida “Chim ustida xokkey” to‘garaklari tashkil etildi.

Mashg‘ulotlar maxsus dastur asosida, tajribali murabbiylar rahbarligida olib borilib, ishtirokchilarning boshlang‘ich ko‘nikmalaridan boshlab professional darajagacha rivojlanishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, to‘garak doirasida turli ichki musobaqalar, do‘stona uchrashuvlar hamda sport tadbirlarini tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, bu yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Murojaat uchun: +998 93 469 00 66

Barcha sportsevar yoshlarni ushbu to‘garaklarga faol ishtirok etishga chorlaymiz!

©UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: