Close
Skip to main content


TERMIZDA REKTORLAR MARAFONI: SALOMATLIK SARI O‘N MING QADAM


Termizda rektorlar marafoni: salomatlik sari o‘n ming qadam

Ayni damda Termiz davlat universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov va barcha OTM rektorlari ishtirokida “Sog‘lom hayot uchun o‘n ming qadam” shiori ostida ommaviy yurish marafoni bo’lib o’tmoqda.

Mazkur marafonda Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.b. Diyorjon Abdullayev ham ishtirok etmoqda.

Tashabbusning asosiy maqsadi — rahbarlarning shaxsiy namunasi orqali yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportni ommalashtirish va o‘zaro tajriba almashishdan iborat.

©UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: