Urganch davlat pedagogika institutida “Yangi O‘zbekistonda gumanitar fanlar: muammo va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Mazkur konferensiyani Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.b., professor Diyorjon Abdullayev ochib berdi.
Konferensiya davomida Urganch davlat universiteti, Ma'mun universiteti, Alfraganus universiteti, Urganch innovatsion universiteti hamda respublikamizning bir qator oliy ta’lim muassasidan professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar onlayn va oflayn tarzda ishtirok qildilar.
Konferensiya sho‘balari:
📖Tarix fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar;
📖Tarix zamonaviy tadqiqotlarda: tarixshunoslik, manbashunoslik va arxeologik tahlil;
📖Falsafa va zamonaviy jamiyat: axloq, tafakkur va transformatsiyalar;
📖Raqamli davrda milliy g‘oya va ma’naviy tarbiya: qadriyatlar, kommunikatsiya va g‘oyaviy immunitet;
📖Amaliy va pedagogik fanlarda ta’lim natijalarini baholashning zamonaviy yondashuvlari.



©️ UrDPI matbuot xizmati