Close
Skip to main content


UrDPI TALABALARIGA QOZOG‘ISTONLIK PROFESSOR DARS O‘TMOQDA


UrDPI talabalariga Qozog‘istonlik professor dars o‘tmoqda

Urganch davlat pedagogika instituti Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi talabalariga Qozog‘istonlik olim, L.N. Gumilyov nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti professori, texnika fanlari doktori Auez Kenesbekovich Baidabekov tomonidan “Chizma geometriya” fanidan ma’ruza mashg‘uloti oʻtildi.

Ma’ruza davomida talabalar soha bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar, chuqurlashtirilgan nazariy bilimlar hamda amaliy ko‘nikmalar bilan tanishtirildi.

Bunday uchrashuvlar ta’lim sifatini oshirish, ilmiy tajriba almashish va yosh mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: