Close
Skip to main content


BUGUN URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI REKTORI V.B. DIYORJON ABDULLAYEV ISHTIROKIDA SAYYOR QABUL TASHKIL ETILDI.


Bugun Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.b. Diyorjon Abdullayev ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi. 

Qabul davomida Pedagogika fakultetida tahsil oluvchi talabalarning ota-onalarining bo‘sh ish o‘rinlari, xorijiy va boshqa oliy taʼlim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish, imtiyozlar asosida o‘qishga qabul qilish kabi masalalar borasidagi murojaatlari tinglanib, ularning savollariga batafsil javoblar berildi. Bir qator muammolar joyida hal qilindi. Mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Sayyor qabul soha rahbarlari bilan aholi o‘rtasida bevosita va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim vosita hisoblanadi. U yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga keng imkoniyatlar yaratish hamda so‘z va fikr erkinligini taʼminlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, bunday uchrashuvlar oliy taʼlim tizimidagi mavjud muammolarni aniqlash, ularning yechimlarini topish va sohani rivojlantirishda muhim bosqichlardan biri sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: