UrDPI vakili “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi!
Urganch davlat pedagogika instituti San’atshunoslik kafedrasi dotsenti v.b. Mayya Nurmatova O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 180-sonli buyrug‘iga asosan “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Bugun mazkur mukofot O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Ta’lim sohasini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Sherzod Sharipov tomonidan topshirildi.
Taqdirlash marosimida Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.b. Diyorjon Abdullayev Ustozni yana bir yangi yutuq bilan samimiy muborakbod etdi hamda kelgusidagi faoliyatiga ham yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tiladi.
Mazkur mukofot Ustozning ta’lim va madaniyat sohasidagi samarali mehnati, fidoyiligi hamda yosh avlod tarbiyasiga qo‘shayotgan munosib hissasining e'tirofidir.



©️ UrDPI matbuot xizmati