UrDPI vakili xalqaro malaka oshirish dasturini muvaffaqiyatli tugatdi
Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida tashkil etilgan qo‘shma dastur doirasida Urganch davlat pedagogika instituti Texnologik ta’lim kafedrasi mudiri, dotsent v.b. Javlon Tajiyev Finlandiyada o‘tkazilgan malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlab, ayni paytda Shvetsiyada davom etayotgan malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda.
Mazkur dastur Finlandiyaning O‘zbekistondagi Konsulligi hamda O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasi ko‘magida, shuningdek Xalqaro Nordik universiteti va Prime Education Finland ta’lim tashkilotlari o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asosida yo‘lga qo‘yilgan.
Dastur davomida ishtirokchilar xorijiy ta’lim tizimlari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ilg‘or o‘qitish metodlari hamda ularni amaliyotga samarali joriy etish bo‘yicha tajriba almashmoqdalar.



©️ UrDPI matbuot xizmati