UrDPIga oliy ta’lim muassasasi mablag‘lari hisobidan o‘qishga qabul qilinadigan yoshlar saralandi!
Urganch davlat pedagogika institutida Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari uchun tashkil etilgan 2025/2026 o‘quv yiliga mo‘ljallangan ko‘p bosqichli fan olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Test va amaliy ishlar natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar quyidagilar:
Kimyo fanidan:
Sobirjonov Nodirbek
Ibodullayeva Onaxon
Baxtiyarov Xasanboy
Biologiya fanidan:
Muxammedova Farangiz
Gulimmatova Asaloy
Atajanova Zilola
Fizika fanidan:
Ibodullayev Temurbek
Zaripov Zafarbek
Reyimberganov Zafarbek
Eslatib o'tamiz, yakuniy natijalarga ko‘ra g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 1-o‘rin, 2-o‘rin va 3-o‘rin sohiblari belgilangan tartib asosida Urganch davlat pedagogika institutiga oliy ta’lim muassasasi mablag‘lari hisobidan o‘qishga qabul qilinadi.



©️ UrDPI matbuot xizmati