Close
Skip to main content


UrDPI VAKILI AQSH DAVLAT DEPARTAMENTI KO‘MAGIDA TASHKIL ETILGAN OPEN XALQARO DASTURI DOIRASIDA MALAKA OSHIRISH KURSINI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLADI


UrDPI vakili AQSh Davlat departamenti ko‘magida tashkil etilgan OPEN xalqaro dasturi doirasida malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunladi

Urganch davlat pedagogika instituti Xorijiy filologiya kafedrasi mudiri Gulbahor Eshchanova AQSh Davlat departamenti ko‘magida tashkil etilgan OPEN xalqaro dasturi doirasida malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunladi.

U “Professional Development for Teacher Trainers” nomli 64 soatlik kursda ishtirok etib, Arizona davlat universiteti tomonidan olib borilgan mashg‘ulotlarda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interaktiv usullar hamda raqamli ta’lim texnologiyalari bo‘yicha fikrlar almashildi.

Dastur yakunida AQSh elchixonasida o‘tkazilgan uchrashuvda ishtirok etib, xalqaro tajriba almashildi hamda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. 

Ushbu yutuq ta’lim sifati va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: