UrDPIda jurnalistika va media sohasiga qiziquvchi yoshlarni birlashtiruvchi “Media kelajagi” yosh kontent-meykerlar klubining ilk amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazildi
Xabaringiz bor, bugun Urganch davlat pedagogika institutida Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyat boʻlimi bilan hamkorlikda jurnalistika va media sohasiga qiziquvchi yoshlarni birlashtiruvchi “Media kelajagi” yosh kontent-meykerlar klubining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimidan keyin institut Matbuot xizmati mas’ullari hamda Matbuot xizmati huzuridagi “Talabalar mediastudiyasi” faollari tomonidan ilk amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Xususan, Bekpo‘lat Yo‘ldashev, Surojbek Baxtiyorov, Shahrizoda Masharibova, Dilfuza Abdirazikovalar tomonidan tasvirga olish jarayonining asosiy qoidalari, yorug‘lik bilan ishlash, rakurs tanlash, neyron tarmoqlardan foydalanish, sun’iy intellekt yordamida video yaratish, telefonda video montaj qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Xususan, mobil ilovalar orqali video tahrirlashning asosiy bosqichlari, kadrlarni to‘g‘ri tanlash, kesish va birlashtirish, effektlar hamda subtitrlar qo‘shish, ovoz bilan ishlash kabi jihatlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.





©️ UrDPI matbuot xizmati