Close
Skip to main content


UrDPI VAKILLARI “UTeM MALAYSIA – UZBEKISTAN TALENT RECRUITMENT & ACADEMIC OPPORTUNITIES EVENT 2026” FORUMIDA FAOL ISHTIROK ETDI


UrDPI vakillari “UTeM Malaysia – Uzbekistan Talent Recruitment & Academic Opportunities Event 2026” forumida faol ishtirok etdi

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “UTeM Malaysia – Uzbekistan Talent Recruitment & Academic Opportunities Event 2026” xalqaro tadbirida Urganch davlat pedagogika instituti vakillari Xorijiy filologiya fakulteti kafedrasi mudiri Gulbahor Eschanova hamda Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishining 3-bosqich talabalari faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida xalqaro ta’lim imkoniyatlari, stipendiya dasturlari, akademik almashinuv va talabalar mobilitetini rivojlantirish masalalari yuzasidan uchrashuv hamda muzokaralar olib borildi.

Tadbir yakunida pedagogikada sun’iy intellekt (AI) texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha yozgi onlayn kurs tashkil etish masalasi ham muhokama qilindi. 

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: