Vazir o‘rinbosari UrDPIda amalga oshirilayotgan yangi o‘quv binosining qurilishi bilan yaqindan tanishdi
Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov Urganch davlat pedagogika institutiga tashrif buyurib, institut rektori v.b. Diyorjon Abdullayev hamrohligida institutda amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida institut hududida barpo etilayotgan 7 qavatli zamonaviy o‘quv binosining qurilish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
Ma’lumot uchun, mazkur o‘quv binosi 1000 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, uning yonidan 300 o‘rinli Madaniyat saroyini qurish ishlari ham boshlangan.
Bugungi kunda qurilish jarayonlari jadallik bilan davom qilyapti. Ushbu binoni kelgusi o‘quv yilining boshiga foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.








©️ UrDPI matbuot xizmati