Close
Skip to main content


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI KENGASHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI


Urganch davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Unda institut rektori v.b., Kengash raisi Diyorjon Abdullayev hamda Kengash a’zolari ishtirok etdilar.

Kun tartibida bitiruvchi bosqich talabalari bandligini ta’minlash, institut Axborot resurs markazi fondining pedagog kadrlarni tayyorlash hamda ixtisoslik fanlari bo‘yicha o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik holati, 2025/2026-o‘quv yilida institut talabalarining “4+2” tartibidagi malakaviy amaliyot jarayonlarini tashkil etish holati kabi qator masalalar yuzasidan hisobot va axborotlar tinglandi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: