Urganch davlat pedagogika institutida ma’naviy-ma’rifiy masalalarga bag‘ishlangan kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Urganch davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–207-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy kengash yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida talaba-yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari haqida keng tushuntirish ishlarini olib borish, yoshlarni turli yot g‘oya va zararli illatlardan asrash, ularning huquqiy madaniyati hamda ma’naviy immunitetini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida yoshlarni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, ularning manfaatlarini himoya qilish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.



©️ UrDPI matbuot xizmati