UrDPIda “Ota-onalar forumi” doirasida rahbar va ota-onalar uchrashuvi tashkil etildi
Bugun Urganch davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar uchun yaratilgan ta’lim sharoitlari, zamonaviy imkoniyatlar hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ishlar bilan ota-onalarni yaqindan tanishtirish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda rektor v.b. Diyorjon Abdullayev mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar hamda institutda ta’lim sifati va talabalar hayotini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha fikr-mulohazalarini bildirdi.
Shuningdek, yoshlar tarbiyasi, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash hamda ta’lim jarayonida halollik va shaffoflikni mustahkamlash masalalarida ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.
Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda ota-onalar ham farzandlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda ko‘rsatilayotgan e’tibor uchun institut jamoasiga minnatdorlik bildirib, taklif va mulohazalarini bildirdilar.




©️ UrDPI matbuot xizmati