Close

URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIGA QARASHLI OBYEKTLARDA MUQOBUL ENERGIYA MANBALARI (QUYOSH PANELLARI)NI O‘RNATISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT

    Urganch davlat pedagogika instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-sonli qaroriga asosan 2022-2023-o‘quv yilidan tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda Urganch davlat universitetining Urganch shahar Gurlan ko‘chasi 1A-uyda joylashgan 3 ta o‘quv binosi va inshootlari tegishli hududi hamda mavjud barcha jihozlari bilan birgalikda operativ boshqaruv  asosida berilgan.

    O‘quv binolari 1974-yilda qurilgan bo‘lib, 2013-yilda mukammal ta’mirdan chiqarilgan. Birinchi o‘quv binosi 750 nafar, ikkinchi o‘quv binosi 550  nafar va uchunchi o‘quv binosi 550 nafar, jami 1850 nafar o‘quvchi o‘ringa mo‘ljallangan. Jami yer maydoni 3.6 gektar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 25-fevraldagi 8-sonli bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Urganch davlat pedagogika institutining ikkinchi va uchinchi o‘quv binolari tom qismiga quyosh panellarini o‘rnatish rejalashtirilgan edi va bugungi kunda reja o‘z vaqtida to‘liq bajarildi.   Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Davlat oliy ta’lim muassasalariga 2023-yilda quyosh panellarini o‘rnatish dasturiga asosan institutning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 100 kVt/soat quyosh panellarini 2023-yilning 2-choragida o‘rnatish belgilangan.Quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari “Mega energo loyiha” MChJ tomonidan tayyorlandi hamda “O‘zenergoinspeksiya” Xorazm hududiy bo‘limi  tamonidan elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shart olindi. Ushbu texnik shart asosida loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan tartibda quvvati 100 kVt/soat bo‘lgan, har biri 0.55 kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 182 dona  quyosh panellari hamda quyosh panellari uchun 2 dona “SOLIS” S5-GC50K markali 550 kVt kuchlanishga mo‘ljallangan  invertor qurilmalari “XORAZM MUHANDISLARI” xususiy korxonasi tomonidan o‘rnatilib ishchi holatga keltirildi hamda o‘rnatilgan quyosh panellari Bojxona qo‘mitasining “Yashil energiya” platformasiga kiritildi.

    Urganch davlat pedagogika institutida joriy yilning 29-may holatiga jami reja bo‘yicha 100 kVt/s quyosh panellari to‘liq o‘rnatildi. 

    O‘rnatilgan 100 kVt/s quyosh panellari institutga zarur bo‘lgan elektr energiyasini 100 foizga qoplagan holda ortiqcha ishlab chiqarilgan elektr energiyasini davlatga sotish imkoniyati ham mavjud bo‘ladi.

urspi.uz; URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIGA QARASHLI OBYEKTLARDA MUQOBUL ENERGIYA MANBALARI (QUYOSH PANELLARI)NI O‘RNATISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TO‘G‘RISIDA  MA’LUMOT

    Ushbu qurilma hozirgi kunda Xorazm viloyati hududiy elektr tarmoqlari elektr liniyasi tizimiga ulangan. 

    Institutning uchta o‘quv binosiga 1 kunda o‘rtacha 384 kVt, bir oyda 384x30=11520 kVt, bir yilda eng yuqori 140 000 kVt elektr energiyasi sarf qilinadi.

urspi.uz; URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIGA QARASHLI OBYEKTLARDA MUQOBUL ENERGIYA MANBALARI (QUYOSH PANELLARI)NI O‘RNATISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TO‘G‘RISIDA  MA’LUMOT

urspi.uz; URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIGA QARASHLI OBYEKTLARDA MUQOBUL ENERGIYA MANBALARI (QUYOSH PANELLARI)NI O‘RNATISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR TO‘G‘RISIDA  MA’LUMOT

UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: