Close
Skip to main content


UrDPIDA YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYA IMTIHONLARI DAVOM ETMOQDA


UrDPIda yakuniy Davlat attestatsiya imtihonlari davom etmoqda

Ayni kunlarda Urganch davlat pedagogika institutida bitiruvchi talabalar uchun yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur jarayon institutning barcha fakultetlarida tasdiqlangan jadval va amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida yuqori saviyada tashkil etilmoqda.

Imtihon jarayonlarida Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.b Diyorjon Abdullayev ishtirok etib, talabalarni yillar davomida olgan bilim va tajribalarini munosib namoyon etishlariga ishonch bildirdi hamda kelgusida o‘z kasbining yetuk mutaxassisi, jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shadigan malakali kadrlar bo‘lib yetishishlarini tiladi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi talabalarning o‘qish davrida egallagan nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari hamda kasbiy kompetensiyalarini baholashning muhim bosqichi hisoblanadi. Shu bois imtihonlarni adolatli, shaffof va xolis o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: