Close
Skip to main content


UrDPI VAKILLARI TURKIYANING PAMUKKALE UNIVERSITETIDA XIZMAT SAFARIDA BO'LIB TURIBDILAR


UrDPI vakillari Turkiyaning Pamukkale universitetida xizmat safarida bo'lib turibdilar

Ayni kunlarda Urganch davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Xo'jamuratov Umarjon Rustamovich hamda San’atshunoslik kafedrasi professori Yetmishboy Abdullayev Xorazm viloyati hokimligi delegatsiyasi tarkibida Turkiyada xizmat safarida bo‘lib turibdilar.

Xizmat safari doirasida Urganch davlat pedagogika instituti hamda Pamukkale universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot, akademik almashinuv va xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu kelishuv kelgusida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda ta’lim sifatini oshirishga zamin yaratadi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: