Close
Skip to main content


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI ANIQ VA TABIIY FANLAR FAKULTETI NEGIZIDA 2026/2027-O‘QUV YILIDAN BOSHLAB ANIQ FANLAR PEDAGOGIKA OLIY MAKTABI TASHKIL ETILMOQDA!


Urganch davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti negizida 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tashkil etilmoqda!

Bu maktab boʻlajak olimlar, innovatorlar va chuqur bilimli o‘qituvchilarni tayyorlashga yo‘naltirilgan ilg‘or yondashuvga ega.
 

🎓 Oliy maktabda quyidagi bakalavriat yo‘nalishlari bor:
➖Matematika;
➖Axborot tizimlari va texnologiyalari;
➖Sun’iy intellekt.

Oliy maktabning asosiy ustunliklari:
➖ Oliy maktabning o‘quv dasturlari O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tajribasi asosida hamda xalqaro ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan,
➖ Oʻz sohasining yetuk mutaxassislari, darslarni ingliz tilida olib boradigan yuqori malakali o‘qituvchilar jamoasi faoliyat yuritadi.
➖ Taʼlim texnologik, pedagogik va mazmuniy yondashuvlarni integratsiyalovchi TPACK modeli asosida olib boriladi.



Aniq fanlar pedagogika oliy maktabida tahsil oling hamda o‘zingizni kelajak ta’limining bir qismiga aylantiring!

📌Manzil: Urganch shahri, Gurlan ko‘chasi, 1A-uy.    

 


©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: