UrDPI talabalari Xorazm viloyati hokimi sovrini uchun oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan fan olimpiadasining viloyat bosqichida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi!
🔹 Urganch davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Mahliyo Otayeva O‘zbek tili fani bo‘yicha 3-o‘rinni egalladi.
🔹 Institutning Tarix ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Komilova Gulyor Madamin qizi Tarix fani bo‘yicha 3-o‘rin sohibasi bo‘ldi.
🔹 Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili (rus tili) ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Masharifova Lobar Hayrulla qizi Ingliz tili fani bo‘yicha 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Mazkur e’tirof bilan talabamizni samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusidagi o‘quv va ilmiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

©️ UrDPI matbuot xizmati