Close
Skip to main content


UrDPI KENGASHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI


UrDPI Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 29-iyun kuni Urganch davlat pedagogika institutining 2025-2026-o‘quv yilidagi oxirgi kengashi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori v.b., Kengash raisi Diyorjon Abdullayev hamda kengash aʼzolari ishtirok etdilar.

Kun tartibida soha prorektorlari va rektor tasarrufidagi bo‘limlarning 2025-2026-o‘quv yilidagi faoliyati yakunlari bo‘yicha hisobotlari tinglandi. Shuningdek, kafedralar kesimida institut professor-o‘qituvchilarining o‘tgan o‘quv yili davomida 110 ballik baholash tizimidagi faoliyati natijalari e’lon qilindi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Kengash yakunida kelgusi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlarini samarali tashkil etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, bir guruh professor-o‘qituvchilarning ilmiy unvon olish uchun hujjatlari OAKga, qator nashr ishlari esa Muvofiqlashtiruvchi kengashga tavsiya etildi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: