“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindori va uning ota-onasi taqdirlandi
Bugun Urganch davlat pedagogika institutida iqtidorli talabalar hamda ularning ota-onalari bilan o‘tkazilgan uchrashuv oldidan Musiqa ta’limi yo‘nalishi 3-bosqich talabasi, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindori Qodirbergan Aminboyev alohida e’tirof etildi.
Tadbirda Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.b. Diyorjon Abdullayev Qodirbergan Aminboyevning Prezidentimiz tomonidan ushbu yuksak davlat mukofotiga munosib ko‘rilgani institut jamoasi uchun katta faxr ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, talabaning yutuqlarida munosib hissa qo‘shgan ota-onasi va ustozlariga institut tomonidan pul mukofoti hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir yakunida Qodirbergan Aminboyev, uning ota-onasi hamda ustozlariga samimiy tabrik va ezgu tilaklar bildirilib, kelgusida ham yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida munosib hissa qo‘shib, yangi yutuqlarni qo‘lga kiritishiga ishonch bildirildi.



©️ UrDPI matbuot xizmati