Ijodiy imtihonlar oldidan tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Bugun Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.b. Diyorjon Abdullayev 2026/2027-o‘quv yili uchun ijodiy imtihonlar o‘tkaziladigan hududlarda yaratilgan shart-sharoitlar hamda tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Ko‘zdan kechirish davomida ijodiy imtihonlarni adolatli, shaffof va belgilangan tartib asosida tashkil etish, abituriyentlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda texnik va tashkiliy tayyorgarlikni belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, imtihonlar o‘tkaziladigan hududlarda yaratilgan shart-sharoitlar, texnik jihozlarning shayligi, tibbiy va xavfsizlik xizmatlarining tayyorgarligi hamda jarayonni uzluksiz tashkil etishga qaratilgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.



©️ UrDPI matbuot xizmati