Close
Skip to main content


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIGA XO‘JAND DAVLAT UNIVERSITETI VAKILI TASHRIF BUYURDILAR


Urganch davlat pedagogika institutiga Xo‘jand davlat universiteti vakili tashrif buyurdilar

Bugun, 9-iyul kuni Urganch davlat pedagogika institutiga Tojikiston Respublikasining nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri Xo‘jand davlat universiteti vakili tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.b. Diyorjon Abdullayev hamda Xo‘jand davlat universiteti vakili o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida pedagogik ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim sifatini yanada oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish hamda xalqaro aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Urganch davlat pedagogika instituti va Xo‘jand davlat universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: