Bugun Pedagogika fakulteti “Pedagogika, boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi Salavatova Xurshida tomonidan “Maktabgacha ta’lim” yoʻnalishi 221-222-223-guruh talabalari bilan Maktabgacha ta’limda “STEAM texnologiyalari” fanidan noan’anaviy tarzdagi ochiq ma’ruza mashg‘uloti boʻlib oʻtdi!
Noan’anaviy tarzda tashkil etilgan ochiq ma’ruza mashg‘ulotida bir-biridan qiziqarli interfaol metodlardan foydalanildi, xilma-xil obrazlar yordamida mavzu to‘liq ochib berildi, turli ko‘rgazmalardan foydalangan holda STEAM texnologiyalarining ahamiyati yanada yorqinroq gavdalantirilib berildi.
Dars a’lo darajada tashkil qilindi va dars barchada bir umrga unutilmas xotiralar qoldirdi!

