Urganch davlat pedagogika institutida “Bitiruvchi–2026” nomli tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi Tadbirni institut rektori v.b. Diyorjon Abdullayev ochib berdi hamda bitiruvchilarga kelgusi faoliyatlarida ham muvaffaqiyat tiladi. Tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, faxriy ustozlar, bitiruvchilar, ularning ota-onalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirning badiiy qismi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindori, institutning Musiqa ta’limi yo‘nalishi bitiruvchisi Qodirbergan Aminboyev ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar bilan boshlandi. Shuningdek, marosim davomida talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar namoyish etilib, bayramona birdek xush kayfiyat ulashdi. Tantanali marosimning muhim qismida bitiruvchilarga diplomlar topshirildi. Bitiruvchilarning ko‘p yillik mehnati va erishgan yutuqlari e’tirof etilib, ularga kelgusidagi kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.
Ma’lumot uchun, 2025/2026-o‘quv yilida Urganch davlat pedagogika institutini jami 1 191 nafar bitiruvchi tamomladi. Shundan 1 047 nafari bakalavriat, 144 nafari magistratura bosqichi bitiruvchilaridir.




©️ UrDPI matbuot xizmati