Close
Skip to main content


EL ARDOGʻIDAGI FAXRIYLAR VA YOSHLAR UCHRASHUVLARI DAVOM ETMOQDA


 El ardogʻidagi faxriylar va yoshlar uchrashuvlari davom etmoqda

Urganch davlat pedagogika institutida Pedagogika fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida publitsist va tarjimon, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Bahodir Bobojonov bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Sarvar Abdullayev kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Uchrashuv davomida Bahodir Bobojonov hayotiy tajribasi, ilmiy va ijodiy faoliyati, adabiyotning inson kamoloti hamda yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishdagi ahamiyati haqida samimiy fikrlarini bildirdi. Shuningdek, u o‘zining bir qator kitoblarini institut kutubxonasiga sovg‘a qildi.

Tadbir savol-javoblarga boy, ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tdi. Talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: