UrDPIda Davlat stipendiyalari tanlovining institut bosqichi o‘tkazildi
Urganch davlat pedagogika institutida talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini rag‘batlantirish, ularning intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi va nomdor davlat stipendiyalari tanlovining institut bosqichi o‘tkazildi.
Tanlov jarayonida talabgorlarning o‘quvdagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlardagi ishtiroki, chop etilgan ilmiy maqolalari, xorijiy tillarni bilish darajasi hamda jamoatchilik faoliyati belgilangan mezonlar asosida mutaxassislar tomonidan xolis va shaffof tarzda baholandi.
Mazkur tanlov iqtidorli talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish hamda yoshlarni ilm-fan va innovatsion faoliyatga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.



©️ UrDPI matbuot xizmati