Close
Skip to main content


UrDPI TALABALARI ROSSIYA FEDERATSIYASIDA TASHKIL ETILGAN “SUMMER UNIVERSITY – 2026” XALQARO DASTURINI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLADI


UrDPI talabalari Rossiya Federatsiyasida tashkil etilgan “Summer University – 2026” xalqaro dasturini muvaffaqiyatli yakunladi

Urganch davlat pedagogika instituti talabalari Rossiya Federatsiyasining Qozon Federal universitetida tashkil etilgan “Summer University – 2026” xalqaro ta'lim dasturini muvaffaqiyatli yakunladi.
 

Dastur davomida talabalar sun'iy intellekt, dasturiy ta'minot muhandisligi, biznes tahlili, arxitektura va dizayn, astronomiya hamda astrofizika kabi zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha malakali professor-o‘qituvchilar ishtirokidagi ma'ruzalar, seminarlar va amaliy mashg‘ulotlarda faol qatnashdilar.



Shuningdek, ishtirokchilar xalqaro loyiha va taqdimotlarda ishtirok etib, turli davlatlardan kelgan tengdoshlari bilan tajriba almashdilar, jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini mustahkamladilar hamda xorijiy oliy ta'lim muassasalari vakillari bilan akademik muloqotlar olib bordilar.

Dastur doirasida talabalar Qozon Federal universitetining ilmiy laboratoriyalari, zamonaviy o‘quv markazlari va infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar. Bundan tashqari, Qozon shahrining tarixiy-madaniy maskanlariga tashkil etilgan ekskursiyalarda ishtirok etib, Rossiyaning boy tarixiy va madaniy merosi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Mazkur xalqaro ta'lim dasturida ishtirok etish UrDPI talabalari uchun zamonaviy bilimlarni egallash, xalqaro tajribani o‘rganish, xorijiy hamkorlar bilan akademik aloqalarni mustahkamlash hamda kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatlari uchun muhim poydevor yaratmoqda.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: