UrDPI doktoranti Turkiyadagi xalqaro malaka oshirish dasturini muvaffaqiyatli yakunladi
Urganch davlat pedagogika instituti doktoranti Po‘latova Quvonchoy Istanbul Aydin universitetida Xorazm viloyati pedagog xodimlari uchun 2026-yil 1–17-iyul kunlari tashkil etilgan “Maktabgacha va maktab ta’limida zamonaviy xalqaro pedagogik amaliyotlar, ta’lim texnologiyalari va global standartlar” mavzusidagi xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etib, uni muvaffaqiyatli yakunladi.
Malaka oshirish dasturi davomida ishtirokchilar zamonaviy xalqaro pedagogik yondashuvlar, ilg‘or ta’lim texnologiyalari, innovatsion o‘qitish metodlari hamda global ta’lim standartlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shuningdek, ular xorijiy mutaxassislar bilan tajriba almashib, ta’lim jarayoniga oid ilg‘or xalqaro amaliyotlar bilan yaqindan tanishdilar.



©️ UrDPI matbuot xizmati