Close


QADRIYAT, URF-ODAT, AN’ANA VA YOSHLAR


Urganch davlat pedagogika institutida 30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yoshlar oyligi” doirasida institut Xotin-qizlar maslahat kengashi, Yoshlar ittifoqi BT kengashi va “Qizlarjon” klubi hamkorligida “Qadriyat, urf-odat, an’ana va yoshlar” festivali (milliy o‘yinlar, urf-odatlar ko‘rgazmasi) bo‘lib o‘tdi.

     Festivalni institutning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Davronbek Yusupov ochib berdi va ishtirokchilarga omad tiladi.

    Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Anorgul Atajanova ham fikr-mulohazalarini bildirib, o‘zbek yigit-qizlariga xos bolgan fazilatlar, urf-odatlarning yoshlar hayotidagi o‘rnini alohida taʼkidlab o‘tdi.

   Yoshlar tarbiyasida o‘zbek milliy qadriyatlarining tutgan o‘rnini oshirish, mustahkamlash borasida tashkil etilgan ushbu tadbirda yoshlarimiz milliy o‘yinlar, an’analar, urf-odatlar hamda qo‘l ishlari ko‘rgazmasini tomosha qildilar.   

   Shuningdek, bu tadbirda institutimizning iqtidorli va iste’dodli, hunarmand va mohir qizlari o‘zaro bellashdilar.

Festival ishtirokchilari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘zaro bellashdilar:
– jonli ijroda milliy qo‘shiq;
– milliy raqs;
– rassomchilik;
– tikuvchilik;
– to‘quvchilik;
– bisser (munchoq) yasash;
– eng yaxshi kashtado‘z;
– eng yaxshi quroq egasi;
– karving san’ati;
– qo‘g‘irchoq yasash; 
– еng yaxshi applikatsiya ishi;
– tabiiy materiallardan buyum yasash;
– tashlandiq meteriallardan buyum yasash;
– pape-mashe usulida buyum yasash.

G‘olib talabalar estalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandilar.urspi.uz;QADRIYAT, URF-ODAT, AN’ANA VA YOSHLAR

urspi.uz;QADRIYAT, URF-ODAT, AN’ANA VA YOSHLARurspi.uz;QADRIYAT, URF-ODAT, AN’ANA VA YOSHLAR

Ulashish: