Close
Skip to main content


UrDPI OʻQITUVCHISI ROSSIYA DAVLAT GUMANITAR UNIVERSITETIDA MALAKA OSHIRISH DASTURIDA ISHTIROK ETMOQDA


UrDPI oʻqituvchisi Rossiya davlat gumanitar universitetida malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda

Urganch davlat pedagogika instituti vakili Ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti Tarix kafedrasi o'qituvchisi Shoxruhbek Allanazarov 2026-yilning 19-iyulidan 2-avgustigacha mazkur universitetda bo‘lib o‘tadigan “Yozgi institut” xalqaro loyihasida ishtirok etmoqda.
 

Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
🔹 yetakchi rossiyalik gumanitar olimlar ishtirokida ma’ruzalar, seminarlar, davra suhbatlari va master-klasslar;

🔹 Moskva davlat universitetining tarix fakulteti, Tver davlat universiteti, Tula davlat pedagogika universiteti kabi hamkor oliygohlarda amaliy mashg‘ulotlar;

🔹 Moskvadagi tarixiy obidalar va muzeylarga tashrif, Tver va Tula shaharlariga ekskursiyalar, madaniy-tanishtiruv tadbirlari.



Dastur yakunida ishtirokchilarga RDGU tomonidan malaka oshirish guvohnomasi va hamkor oliygohlar tomonidan stajirovka sertifikatlari taqdim etiladi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: