Har bir murojaat e'tiborda, har bir masala yechim sari!
Bugun Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.b. Diyorjon Abdullayev ishtirokida Ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti talabalari hamda ularning ota-onalari uchun navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida ota onalar tomonidan respublikamizdagi boshqa oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish, talabalarnong o‘z takliflari va ta'lim jarayoniga oid boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar hamda takliflar bildirildi.
Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, amaldagi qonunchilik va belgilangan tartiblar asosida batafsil tushuntirishlar berildi. Joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar ijobiy yechim topdi, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar yuzasidan esa mas'ul mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Institutda talabalar va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ularning manfaatlarini ta'minlash ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.



©️ UrDPI matbuot xizmati