Urganch davlat pedagogika institutida "Turkuaz yashil transformatsiya" bo‘yicha ilg‘or darajadagi amaliy ta’lim dasturi o‘z ishini boshladi.
Mazkur dastur Urganch davlat pedagogika instituti, Green universiteti hamda Turkiyaning Chanakkale O‘nsakkiz Mart universiteti hamkorligida tashkil etilmoqda.
Dastur ochilish marosimida Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.b. Diyorjon Abdullayev so‘zga chiqib, mazkur loyiha ekologik barqarorlik, yashil transformatsiya tamoyillarini ta’lim tizimiga keng joriy etish, soha mutaxassislarining bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi hamda barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.
📌 Ma’lumot uchun: "Turkuaz yashil transformatsiya" bo‘yicha ilg‘or darajadagi amaliy ta’lim dasturi 2026-yil 27–31-iyul kunlari Urganch davlat pedagogika institutida o‘tkaziladi. Dastur doirasida ishtirokchilar yashil iqtisodiyot, ekologik barqaror rivojlanish, zamonaviy ekologik yondashuvlar hamda ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or xalqaro tajribalar bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etadilar.



©️ UrDPI matbuot xizmati