Urganch davlat pedagogika instituti talabalari Islom sivilizatsiyasi markazida
Bugun, 29-iyul kuni, Urganch davlat pedagogika institutining 50 nafar iqtidorli talabalari uchun Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘ylab unutilmas va ma’rifiy sayohat tashkil etildi.
Mazkur tashrif yoshlar uchun ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’rifiy merosini chuqurroq anglash, buyuk allomalarimizning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissini yanada teran his etish, tariximizga bo‘lgan qiziqish va milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Ajdodlarimizning ma’rifat nurini so‘ndirmay, kelajakni bilim va tafakkur bilan bunyod etamiz!



©️ UrDPI matbuot xizmati