Close
Skip to main content


TALABA EXPO 2026


Xorazm viloyatidagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari va bitiruvchilari uchun "Yoshlik" sport majmuasida “TalabaExpo–2026” kasb ko‘rgazmasi tashkil etilmoqda. Ushbu ko’rgazma doirasida viloyatdagi yirik ish beruvchi tashkilotlar o‘z faoliyati bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazmoqda. Ular o‘z korxonalarida mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etmoqda.

Ko’rgazmada Urganch davlat pedagogika institutining paviloni ham tashkil etilgan bo’lib, unda institut jamoasi va bitiruvchi talabalari ishtirok etmoqda.
 

Koʻrgazma doirasida yoshlar uchun:
➖ish oʻrinlari yarmarkasi;
➖amaliyot va stajirovka dasturlari haqida maʼlumotlar;
➖startap loyihalarni taqdim etish imkoniyatlari;
➖“Oʻzmilliybank” tomonidan taklif etilayotgan imtiyozli kreditlar va moliyaviy savodxonlikka oid seminarlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: