Close
Skip to main content


IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ TALABALAR HOLIDAN XABAR OLINDI


Ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar holidan xabar olindi

Talaba-yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning yashash sharoitlarini o‘rganish hamda ehtiyojlarini aniqlash Urganch davlat pedagogika institutining doimiy e’tibor markazida.
Shu maqsadda UrDPI rektori v.b. Diyorjon Abdullayev hamda mas’ullar tomonidan Urganch shahri va Urganch tumanida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarning xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning holidan xabar olindi.

O‘rganishlar davomida talabalarning ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoitlar, ijtimoiy holati va ehtiyojlari bilan tanishildi. Ularning murojaat va takliflari tinglanib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: