UrDPI rektori v.b. Buxoro davlat texnika universitetida ilm-fan va innovatsiyalar bo‘yicha respublika o‘quv-seminarida ishtirok etmoqda
Ayni damda Buxoro davlat texnika universitetida “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda ilm va innovatsiya: oliy taʼlim muassasalarining roli va vazifalari” mavzusida respublika o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda.
Seminar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Odiljon Mamatkarimov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari O‘ktam Salomov hamda Buxoro davlat texnika universiteti rektori Sadoqat Siddiqovaning kirish so‘zlari bilan ochib berildi.
Mazkur respublika o‘quv-seminarida Urganch davlat pedagogika instituti rektori v.b., professor Diyorjon Abdullayev ham ishtirok etmoqda.
Tadbir davomida ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, oliy taʼlim muassasalarining hududlar taraqqiyotidagi o‘rnini kuchaytirish, ilmiy tadqiqotlarni amaliyot bilan integratsiyalash hamda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.




©️ UrDPI matbuot xizmati