Close
Skip to main content


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI XALQARO SEMINAR-TRENINGDA ISHTIROK ETMOQDA


Urganch davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari xalqaro seminar-treningda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetida Cambridge University Press & Assessment bilan hamkorlikda maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlari uchun yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etishga bag‘ishlangan seminar-trening boshlandi.
 

Mazkur nufuzli seminar-treningda Urganch davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari Yakubova Diana hamda Bekchanova Feruza ishtirok etmoqda.



Seminar davomida yangi o‘quv dasturlarida konstruktiv uyg‘unlikni ta’minlash, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni qo‘llash, Reggio Emilia konsepsiyasi, STEAM ta’limi, o‘yin asosidagi ta’lim, inklyuziv ta’lim hamda formativ baholash tizimi bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

Mazkur xalqaro hamkorlik zamonaviy, innovatsion va xalqaro standartlarga mos o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: