Close
Skip to main content


URDPIDA MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN TANIQLI SHOIRA, O‘ZBEKISTON YOZUVCHILAR UYUSHMASI A’ZOSI SHOIRA SHAMS BILAN TALABA-YOSHLAR ISHTIROKIDA IJODIY-MA’RIFIY UCHRASHUV TASHKIL ETILDI


UrDPIda mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan taniqli shoira, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Shoira Shams bilan talaba-yoshlar ishtirokida ijodiy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi

Ijodiy uchrashuv davomida Shoira Shams mustaqillikning xalqimiz hayotidagi beqiyos o‘rni, Vatanga muhabbat, milliy g‘urur, ona yurtga sadoqat kabi ezgu tuyg‘ular haqida o‘z mulohazalarini bildirdi. Shoiraning ijod namunalari, Vatan va istiqlol mavzusidagi she’rlari tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Shuningdek, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, adabiyot va san’atga qiziqishini oshirish, ularning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Talabalar shoira bilan samimiy muloqot qilib, ijodkorlik, she’riyat va adabiyotga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: