Close
Skip to main content


UrDPI TALABASI AYOL VA QIZLAR O‘RTASIDA BOKS BO‘YICHA O‘ZBEKISTON KUBOGIDA OLTIN MEDAL SOHIBASI BO‘LDI!


UrDPI talabasi ayol va qizlar o‘rtasida boks bo‘yicha O‘zbekiston kubogida oltin medal sohibasi bo‘ldi!

5–12-avgust kunlari Xorazm viloyatining Urganch shahrida ayollar hamda o‘smir qizlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi. Nufuzli musobaqada mamlakatimizning turli hududlaridan saralangan iqtidorli bokschilar chempionlik va sovrinli o‘rinlar uchun bahs olib bordilar.

Quvonarlisi, Urganch davlat pedagogika instituti talabasi Oltinoy Sotimboyeva ham mazkur musobaqada ishtirok etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Yurtimiz faxri bo‘lgan talabamizni ushbu e’tirof bilan samimiy muborakbod qilamiz! 

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: