Urganch davlat pedagogika institutida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim qabuli bo‘yicha talabgorlar bilan suhbat tashkil etildi
Bugun, 19-avgust kuni Urganch davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga o‘qishga kirish istagini bildirib ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar bilan qabul komissiyasining suhbati bo'lib o'tdi.
Suhbatda Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi S.Musurmonov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor U.Xo'jamuratov, Qabul komissiyasi mas’uli Sh.Doʻschanovlar ishtirok etib, ikkinchi va undan keyingi mutaxassislikka qabul qilinayotgan talabgorlarga belgilangan tartib-qoidalari, ta’lim jarayonining tashkil etilishi hamda o‘qish bilan bog‘liq muhim masalalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, talabgorlarni qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan atroflicha javoblar berildi.


.jpg)
©️ UrDPI matbuot xizmati