Close
Skip to main content


TEATR — MA’NAVIYAT VA IBRAT MASKANI!


TEATR — MA’NAVIYAT VA IBRAT MASKANI!

🇺🇿 Ayni daqiqalarda Urganch davlat pedagogika instituti jamoasi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Xorazm viloyati Musiqali drama teatrida sahnaga qoʻyilayotgan “Lazgi sehri” spektaklini tomosha qilmoqda.

Mazkur sahna asari orqali lazgining paydo boʻlishi, milliy qadriyatlar, xalqimizning boy madaniy merosi va insoniy fazilatlar badiiy obrazlar vositasida namoyon etilmoqda.

Teatr — inson qalbiga ezgulik, tafakkuriga teranlik, ruhiyatiga ma’naviy ozuqa beruvchi ibrat va ma’rifat maskanidir!

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: