Close
Skip to main content


UrDPIDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK JARAYONLARI O‘RGANILDI


UrDPIda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi

Respublika oliy ta’lim tashkilotlarining 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarligini muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi guruh vakili Eldor Bo‘riyev Urganch davlat pedagogika institutida bo‘ldi.
Tashrif davomida institutning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, ta’lim jarayonini tashkil etish, professor-o‘qituvchilar tarkibi, dars jadvallarini shakllantirish, HEMIS axborot tizimiga ma’lumotlarni kiritish hamda talabalar turar joylarining tayyorgarlik darajasi o‘rganildi.

O‘rganish davomida mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: