Close
Skip to main content


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTINING YANGI O‘QUV BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI


Urganch davlat pedagogika institutining yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi

Bugun, 31-avgust kuni Urganch davlat pedagogika institutining 7 qavatli, 1000 o‘rinli yangi o‘quv binosi hamda 300 o‘rinli Madaniyat saroyi foydalanishga topshirildi.

Mazkur zamonaviy inshootlarning foydalanishga topshirilishi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida institut jamoasi va talaba-yoshlar uchun munosib tuhfa bo‘ldi.

Ochilish marosimida Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov, institut rahbariyati, faxriy ustozlar, professor-o‘qituvchilar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Yangi o‘quv binosida talaba-yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratilgan bo‘lib, u institutning ta’lim salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Yangi o‘quv binosi — zamonaviy ta’lim, keng imkoniyatlar va yorqin kelajak sari muhim qadam!

© UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: