Urganch davlat pedagogika institutining Akademik litseyida yangi o‘quv yili bayramona ruhda boshlandi
Bugun yurtimizdagi barcha ta’lim maskanlarida bo‘lgani kabi Urganch davlat pedagogika institutining Akademik litseyida ham 2026–2027-o‘quv yilining ilk kuni ko‘tarinki kayfiyat va bayramona tantana bilan boshlandi.
Tantanali tadbirda institut rektori v.b. Diyorjon Abdullayev ishtirok etib, o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan samimiy muborakbod etdi hamda ularga ta’lim olish, bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash yo‘lida muvaffaqiyatlar tiladi.
Tadbir davomida ustoz va murabbiylarning mashaqqatli hamda sharafli mehnati e’tirof etilib, yosh avlodga sifatli ta’lim va munosib tarbiya berish, ularni Vatanga sadoqatli, bilimli, faol va yuksak ma’naviyatli insonlar etib voyaga yetkazish ta’lim tizimining eng muhim vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi.
Yangi o‘quv yili barcha o‘quvchilarimiz uchun yangi marralar, ulkan yutuqlar va unutilmas taassurotlar yili bo‘lsin!




©️ UrDPI matbuot xizmati